O’zbekiston respublikasi




Yüklə 319.09 Kb.
səhifə5/5
tarix27.04.2016
ölçüsü319.09 Kb.
1   2   3   4   5

A D A B I YO T L A R:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: «O‘zbekiston», 2012.

2. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqurolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonuni, 1999 yil 14 aprel.

3. O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika «Mahalla» hayriya jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, 1993 yil 1 dekabr.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni, 1998 yil 23 aprel.

5. Karimov I.A. O‘zbekiston-bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.1.-T.: «O‘zbekiston», 1996. 290-295-b.

6. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.- T.: «O‘zbekiston», 1997. 31-40, 125-135, 149-162-b.

7. Karimov I.A. O‘zbekistonda demokraik o‘zgarishlarini yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. –T.:«Xalq so‘zi»,2002 yil 30 avgust.

8. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq.-T.: «O‘zbekiston», 2004.

9. Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish-har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqarii sessiyasida so‘zlangan nutq .»ishonch»,2004 yil 26 may.

10. Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faolliyatimiz mezoni bo‘lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqarii sessiyasida so‘zlangan nutq. «Xalq so‘zi»,2004 yil 2 iyun.

11. Azizxo‘jayev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat.-T.:»Sharq», 1997.

12. Azizxo‘jayev A.A. Chin o‘zbek ishi.- T.: «Akademiya», 2003.

13. Azizxo‘jayev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar.-T.: «Sharq», «Akademiya», 2001.

14.ISLOM KARIMOV «YUKSAK MA’NAVIYAT YENGILMAS KUCH». T. 2008.
7-мавзу. O’zbekistonning va jahon hamjamiyati bilan hamkorligida demokratik tamoyillarga asoslanishi.

Reja:

1. O’zbekiston va jahon hamjamiyati O’zbekistonning teng xuquqli sub‘ekt

sifatida kirib kelishi.

2. Jahon hamjamiyati va demokratik jarayonlar.

3. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan o’zaro manfaatli aloqalari.
Birinchi savol: Xalqaro siyosiy munosabatlarda ro’y bergan o’zgarishlar har bir tarixiy davrda o’z aksini topib keldi. Masalan, XX asrdan XX1 asrga o’tish bosqichida dunyoda ikki qutbli siyosiy munosabatlar davri yo’qolib, ko’p qutbli siyosiy munosabatlar davriga o’tilgan bir paytda yashamoqdamiz. Buning ma‘nosi shundaki, ilgari yer yuzida bir-biriga tubdan qarama-qarshi ikkita katta siyosiy lager-kapitalistik va kommunistik lagerlar mavjud bo’lib, ular jahon miqyosidagi qarama-qarshiliklarning ikki qutbini tashkil etar va yer yuzida butun jahon urushining boshlanib ketishiga zamin bo’lib kelar edi. Bu kuchlarning kommunistik lager yetakchisi SSSRning parchalanishi, jahon kommunistik tuzumining ham parchalanishiga sharoit tug’dirdi. 1955 yil 14 martda tashkil etilgan Varshava shartnomasiga kiruvchi davlatlar ittfoqi ham tarqalib ketdi. SSSRning paryaalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat tarkib topib, dunyodagi davlatlar soni 229 taga oshib ichida O’zbekiston ham bor.

XX1 asr bo’sag’asida dunyoda tub o’zgarishlar ro’y bersada, dunyo xalqlariga xavf solib turgan “sovuq urush” siyosati tugasada, dunyo hamon muammosi va murakkab bo’lib qolmoqda.

Bu borada Prezidentimiz I. Karimov shunday deb yozadi: “Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo’lsada, turli xil maqsad manfaatlarni ifoda etuvchi mavkuralar tortishuvi to’xtagani yo’q. Ochiq aytish kerakki, bu tortishuvlardan ko’zlangan asosiy maqsad – inson avvalambor, yoshlar qalbini egallash; muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoki xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg’ulariga ta‘sir o’tkazish, uni o’z dunyoqarashiga bo’ysundirish, ma‘naviy jihatdan zaif vat obe qilish”. (O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda. 2000 yil, 329-330 betlar).

Bugungi kunda Yer yuzida turli xil davlatlar, xalqlar, millatlar, elatlar, turlicha dinlar, mazhablar o’rtasida bir-birini tushunishga, bir-birini anglashga, bir-birini qo’llab-quvvatlashga intilish kuchaygan. Bu bir-birining nuqtai-nazarlari bilan hisoblashishga, bir-biriga nisbatan toqatli bo’lishga da‘vat etadi.

CHunki, bunday muammolarni yechishga bitta davlat yoki bir mintaqada yashovchi aholining qurbi yetmaydi. Shunday vaziyatda ko’pchilik davlatlarning hamkorligi va ittifoqi kerak bo’ladi.

Asrimizning oxiriga kelib va XX1 asr arafasida insoniyat taraqqiyotida bundan buyongi rivojlanish juda ko’p omillar ta‘siri ostida jiddiy tarzda o’zgarib, tobora o’zaro bog’liqligi, yaxlitlikka va bir xillikka intilish zo’rayib borayotganligi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi. Hozir biz yashab turgan dunyo o’ta murakkab, rango-rang, jo’shqin, ehtiroslarga, ziddiyatlarga to’lib toshgan, bir-biriga qarama-qarshi an‘analar bilan yo’g’rilgan g’oyat murakkab muqobilliklar, tashvish va orzu-umidlar dunyosidir.

Biz yashab turgan hozirgi dunyo taraqqiyotining qonuniyatlaridan biri-uning birligi va yaxlitligi toton og’ishmay rivojlanayotganidir.

Hozirgi kunga kelib insoniyat qanchalik ijtimoiy, milliy, siyosiy, irqiy, diniy va boshqa belgilardan kelib chiqqan xilma-xil to’siqlar bilan turli guruhlarga ajratib tashlangan bo’lmasin, xalqlarning turmush tarzlarining hammasi bitta sayyora-Yerda istiqomat qiladilar, hamma uchun bir umumiy bo’lgan muhitda hayot kechiradilar.

Insoniyat taraqqiyoti muqarrar tarzda toborabirlik, yaxlitlik, bog’liqlik, hamjihatlik tomon yuksalib borib, pirovardida jahon hamjamiyatini umuminsoniy hamdo’stlik darajasida olib chiqadi va uni jahon miqyosida siyosiy boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. “Turkiston umumiy uyi”, “Osiyo –Tinch okean mintaqasi birligi”, “Amerika birligi”, “Afrika birligi”, “Atlantikadan Uralgacha umumovrupo uyi” va sh.k. g’oyalar real voqelikka aylanishi uchun hozirgi jahon siyosatining nazariy va ilmiy – metodologik tarzda tahlil qilinayotgan o’zaro bg’liqligi insoniyatga katta ishonch va umid bog’ishlaydi.

Haqiqatdan ham hozirgi dunyoning o’zaro bog’liqligi va ularning rivojlanishi dunyoning bir butunligidan kelib siqqan holda qurilmoqda. Chunki bir mamlakatga vujudga kelgan muammo boshqa mamlakatlarga ham o’z ta‘sirini ko’rsatmoqda. Bunday muammolarni hal qilish ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar oldida turgan vazifalarga aylanib bormoqda.

Xalqaro siyosiy munosabatlarning rivojlanishi bu munosabatlarda kelib chiqadigan turli xildagi ziddiyatlarga va ularni hal qilishga bog’liqdir. Zmiddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida bo’lgani singari xalqaro siyosiy munosabatlarning ham harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning ma‘nosi shundaki, xalqaro siyosiy munosabatlarda bu munosabatlarning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi muammolar paydo bo’lib turadi.

Hozirgi davrda xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan ziddiyatlar quyidagilardan iborat.

a) xalqaro siyosiy munosabatlarda mavjud bo’lgan muammolar bilan ularni hal qilish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;

b) har bir mamlakatning milliy manfaatlari bilan ularning baynalminal manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;

v) xalqaro siyosiy munosabatlarda ishtirok qiluvchi sub‘ektlarning manfaatlari o’rtasidagi ziddiyatlar;

g) xalqaro siyosiy munosabatlarni tartibga solish bilan uning imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar.

Xalqaro siyosiy munosabatlarda ziddiyatlarni Biron-bir tomonning foydasiga hal etishga o’rinish bu munosabatlarda ko’plab noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham Prezidentimiz I. Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” asarida XX1 asrga kelib xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta‘siri “davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro birlashishga intilishni kuchaytirmoqda”, - deb ta‘kidlagani bejiz emas (T. 1995 yil, 59 bet).

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy – siyosiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollariga jihatidan qo’shni davlatlarga qaraganda qo’lay geosiyosiy-strategik imkoniyatlarga ega. O’zbekiston Markaziy Osiyoning o’rta va shimoliy qismida joylashgan. Shimoli-SHarqda Qirg’iziston, shimol va shimoli-G’arbda Qozog’iston, Janubi-G’arbda Turkmaniston, janubi-SHarqda Tojikiston, Janubda qisman Afg’oniston respublikalari bilan chegaradosh. Shuning uchun ham O’zbekiston O’rta Osiyoni Markazida joylashgani uchun ushbu mintaqada barqarorlikni ta‘minlash, hamkorlikni mustahkamlash va muvozanatni saqlash imkoniyatlariga ega.

O’zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida maydoni bo’yicha beshinchi, aholisi soni bo’yicha esa uchinchi o’rinda. Bu yerda Markaziy Osiyodagi jami aholining 1/3 dan ko’prog’i yashaydi. Respublikamiz oltin zaxiralari bo’yicha dunyoda to’rtinchi o’rinda uni qazib olish bo’yicha yettinchi o’rinda, mis zaxiralari bo’yicha 10-11 o’rinda, uran zaxirasi bo’yicha 7-8 o’rinda turadi. Qadimdan Sharq bilan G’arbni bog’lab turgan Buyuk ipak yo’li Yaponiyadan – Ispaniyagacha 12 ming km bo’lib, O’zbekiston hududi orqali o’tgan. Hozirgi kunda ham Osiyo va Yevropani tutashtiradigan yo’llar O’rta Osiyodan, uning markazida joylashgan O’zbekistondan o’tadi.

Ikkinchi savol: Hozirgi xalqaro munosabatlar va ularning rivojlanishini davlatlarning tashqi siyosatisiz tasavvur qilish mumkin emas. Tashqi siyosat-davlatlar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni xalqaro miqyosda jahon maydonida tartibga solib boshqarib turishini anglatadi. Ichki siyosat kabi tashqi siyosat ham o’zgaruvchan xususiyatga egadir. Shunga ko’ra barcha davlatlar uchun bir xildagi siyosatni ishlab chiqish va olib borish mumkin emas. Tashqi siyosatning zarurligini har bir davlatning ehtiyojlari taqazo etadi ehtiyojlar, avvalo har bir mamlakatning milliy mafkuralaridan kelib chiqadi.

Davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni “kuchga tayangan holda” hal etish insoniyat boshiga og’ir musibatlarni keltiradi. Tarix shundan dalolat beradiki, yer yuzida keyingi 5 yarim ming yilning atigi 300 yiligina tinch va osoyishta o’tgan.

Qolgan vaqtlarda 15 mingdan ortiq urushlar bo’lib o’tgan. Bu urushlar birgina Yevropada XVII asrda 3 milion, XVIII asrda 5 miliondan ko’proq, XIX asrga 6 milion, XX asrda esa 70 miliondan ortiq kishining hayotiga zomin bo’lgan (S. Otamurodov va boshqalar. Politologiya. O’quv qo’llanma, T. 1999 yil, 179 bet).

Xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qiladigan tamoyillar dastlab 1915 yilda bo’lib o’tgan Vena Kongressi, keyinchalik esa, 1919 yilda tuzilgan Millatlar Ittifoqining hujjatlarida umumiy tarzda ifodalab berilgan edi. Bu munosabatlarning rivojlanishida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi (1945 yil). Bu tashkilotning ustavida xalqaro munosabatlarda amal qiladigan tamoyil ko’rsatilgan. Bular quyidagilardan iborat: davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik; tinch-totuv yashash siyosatiga og’ishmay amal qilish; xalqaro kelishmovchiliklarni siyosiy yo’l bilan hal etish; davlatlar chegarasining daxlsizligi va hududning bir butunligini tan olish; inson huquqlarini hurmat qilish; millatlar va elatlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash; xalqaro majburiyatlarga vijdonan amal qilish.

Bu tamoyillar ayrim mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan o’ylab topilgan bo’lmay, uzoq yillar davomida xalqaro munosabatlar sohasida ob‘ektiv ravishda shakllangan. Bularga amal qilmaslik alohida olingan mamlakatlarni xalqaro hamjamiyatdan butunlay ajralib qolishiga olib keladi. Buning to’g’riligini yana bir bor Respublikamiz Prezidenti I. Karimov o’zining “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” degan ma‘ruzasida “Davlatlararo munosabatlar sohasida yagona g’oya amal qilish lozim. Bu g’oyaning ma‘nosi shuki, birgalikda tinch hayot kechirish, hamkorlikka intilish, suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, turli nuqtai nazar va fikrlarga bardoshli bo’lish tamoyillarini o’zida aks ettirgan qonunlar ustuvorlik kasb etishi darkor”, - deb ta‘kidlaydi (I. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom. 1996 yil, 49 bet).

Davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosatning samarali bo’lishi ko’p jihatdan davlatlarning tashqi siyosati sohasida amal qiladigan tamoyillarda aks etadi. Yuqorida sanab ko’rsatilgan tamoyillardan tashqari davlatlar tashqi siyosatining ishonchli bo’lishida g’oyaviy muxoliflikdan voz kechish tamoyiliga amal qilish ham muhim ahamiyatga egadir.

Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar masalalariga doir muammolarni hal qilish ishida faollik ko’rsatish tamoyili davlatlar tashqi siyosatida muhim o’rin egallaydi. Sanab ko’rsatilgan tamoyillar har bir mamlakatning manfaatlariga mos kelishi kerak.

Tashqi siyosat yuritishning quyidagi turlari mavjud: bosqinchilik, zo’ravonlik siyosati va tinch hamkorlik, yaxshi qo’shnichilik siyosati.

Tashqi siyosatga xos bo’lgan umumiy aloqadorlikning mohiyati quyidagilar bilan belgilanadi:

Birinchidan, siyosatning qanday kuchlar tomonidan ishlab chiqilishi barcha davlatlarga xos xususiyatdir.

Ikkinchidan, davlatlar tomonidan olib boriladigan tashqi siyosat ma‘lum bir maqsadga qaratilgan bo’ladi.

Uchinchidan, tashqi siyosatni ishlab chiqishda umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Bular, turli sinflar, guruhlar, millatlarning manfaatlarini hisobga olish, davlatning bir butunligini himoya qilish, osoyishtalik.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti davlatlararo o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga mo’ljallangan yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Afsuski, xalqaro munosabatlarning sub‘ektlari bo’lmish davlatlarning tub manfaatlariga zid holda, BTM yirik davlatlar va harbiy-siyosiy dasturi va ideallarni amalga oshirish imkoniyatidan borgan sari chetlashish holati sodir bo’lmoqda. Buning natijasida xalqaro hamjamiyat tomonidan dunyoda xavfsizlikni kafolatlovchi Yevropa xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ham mintaqada va boshqa joylarda kerakli darajada ishtirok eta olayotir. Bunda hatti harakatlar ko’p qutbli, serqirra hamkorlika tayangan barqaror xalqaro tizim shakllanish jarayonini zaiflashtirmoqda.

O’zbekistonning tashqi siyosati mamlakat milliy manfaatlarini hisobga olgan holda belgilanib olingan. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 moddasida: “O’zbekiston Respublikasi Xalqaro munosabatlarning to’la huquqli sub‘ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida Ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga Kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin” deyiladi.

Respublikamiz Prezidenti I. Karimov tashqi siyosat masalasiga to’xtalib shunday degan edi: “O’zbekiston Respublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat faoliyatini yangi va amalda qo’llanilmagan yo’nalishlaridan biridir”. (I. Karimov, O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T-1, T. 1996 yil, 50 bet).

Quyidagi asosiy printsiplar O’zbekistonning tashqi siyosatiga, uni amalga oshirish yo’llarini belgilashga negiz qilib olingan.

Birinchidan, o’zining milliy-davlat manfaatlari ustun bo’lgani holda o’zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish. Bizning mustaqil davlatimiz Biron-bir buyuk davlatning ta‘sir doirasiga tushib qolish niyatida emas. O’zbekiston yana kimgadir bo’ysunish uchun mustaqil bo’lgani yo’q.

Ikkinchisi, Respublika odamlar va davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda umumbashariy qadriyatlarni ustun qo’yib, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun, mojarolarni tinch yo’l bilan hal etish uchun kurashadi. O’zbekiston yadrosiz mintaqa bo’lib qoladi, tajovuzkorlik harbiy bloklar va uyushmalarga kirish niyati yo’q.

Inson huquqlari to’g’risidagi, hujum qilmaslik haqidagi, nizom masalalarini hal etishda kuch ishlatishdan va kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish to’g’risidagi Xalqaro hujjatlarni tan oladi va ularga og’ishmay rioya qiladi.

Uchinchisi, Respublikaning tashqi siyosati teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalari asosida quriladi. Mustaqil davlatlar Hamdo’stligida, butun tashqi siyosatda ham bizning shiorimiz-tenglar orasida teng bo’lish, “katta og’a”ning qosh-qovog’iga qarab ish tutishdan uzil-kesil va abadul-abad xolos bo’lishdir.

To’rtinchisi, mafkuraviy qarashlardan qat‘i nazar tashqi siyosatda ochiq-oydinlik printsipini ro’yobga chiqarishga va barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o’rnatishga intiladi.

Beshinchisi, o’zining milliy-huquqiy tizimini vujudga keltirayotgan yosh mustaqil O’zbekiston ichki milliy qonunlaridan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan oladi. Bizning mustaqil davlatimiz o’z qiyofasini yo’qotmay, jahon hamjamiyatiga kirar ekan, Xalqaro talablarga rioya qilishga tayyordir.

Oltinchisi, O’zbekiston to’la ishonch printsiplari asosida ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish uchun, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish uchun harakat qiladi.

Prezidentimiz I. Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida (14 aprel 1999 yil) yana bir bor O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosati to’g’risida to’xtalib o’tib, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan teng huquqli sherikchilik, barcha mojaroli muammolarni faqat tinch siyosiy va huquqiy vositalar orqali yechish tarafdori bo’lib qolaverishini alohida uqtirib o’tadi.

Uchinchi savol: Ma‘lumki, so’nggi yillarda jahonda yuz bergan voqealar dunyoning geosiyosiy strukturasi va yo’nalishini tubdan yangiladi, jahon siyosatga asta-sekin bir guruh yangi suveren davlatlar kirib kelishi natijasida davlatlararo siyosat va diplomatiya maydoni tubdan boshqa mohiyat va mazmun kasb etdi. Ushbu davlatlar mustaqil rivojlanish va ijtimoiy munosabatlarni yangilash yo’liga qadam qo’ydi, dunyodagi boshqa mamlakatlar orasida o’z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda. Tenglar ichiga teng bo’lishga, jahon maydonining tarkibiy qismiga aylanishga harakat qilmoqda.1996 yil 15 martda Rossiya davlat Dumasi ana shunday huquqiy normalarni hisobga olmasdan yana “Sobiq ittifoqni tiklash” g’oyasini ilgari surdi. Turli xil tushunchalar “iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish” davlat va siyosiy tizimlardan yuqori turadigan “Federatsiya” yoki “Konfederatsiya” kabi uyushmalari tuzish taklif etildi.

Bunga Markaziy Osiyodagi Qozog’iston, Qirg’iziston, va Tojikiston davlatlari a‘zo bo’lib kirdilar. Albatta bu ittifoqqa kirish yoki kirmaslik ularning ichki ishlaridir. Lekin O’zbekiston o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu ittifoqqa qo’shilolmasligini bildirgan edi. Ammo bunday ittifoqning vujudga kelishi Markaziy Osiyo xalqlarining azaliy do’stligiga raxna sola olmaydi. Respublikamiz Prezidenti I. Karimov ta‘kidlaganidek, “Markaziy Osiyo mamlakatlari darajasidagi integratsiyaga kelsak, u o’zining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu integratsiya o’z mohiyatiga ko’ra hamisha xalq integratsiyasi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda” (I. Karimov O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida... T. 1997 yil, 320 bet).

Xususan, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlatlarining (1996 yil, may) yagona iqtisodiy makon to’g’risida imzolagan shartnoma (Beshkek) Markaziy Osiyo xalqlari oldida turgan murakkab vazifalarni birgalikda hal qilish yo’lida qo’yilgan muhim qadam hisoblanadi.

Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston mustaqil davlat sifatida jahon siyosatida faol ishtirok etib kelmoqda. Ana shularni hammasini hisobga olib, O’zbekiston Respublikasi o’z tarixida birinchi marta 1992 yil 2 martda xalqaro huquqning to’la huquqli sub‘ekti sifatida BMTga qabul qilindi. Prezident I. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo’lgan 48-sessiyasida ishtirok etish va unda 27 sentyabrda qilgan ma‘ruzasi O’zbekistonni jahonga ko’xna va yosh navqiron mamlakat sifatida namoyon etdi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMTning toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflarni o’rtaga qo’ydi.

1993 yil fevralda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ta‘sis etildi va ish boshladi. O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) ga a‘zo bo’lib kirdi. I. Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so’zlash va uning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir.

O’zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi Qo’shilmaslik harakatiga qabul qilindi, bo’lg’usi jahon parlamentining timsoli bo’lmish Parlamentlararo Ittifoqqa kiradi. Respublikamiz bir qator ixtisoslashgan nufuzli xalqaro iqtisodiy ilmiy-texnikaviy va madaniy tashkilotlar – jahon iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, jahon banki, xalqaro valyuta jamg’armasi, xalqaro mehnat tashkiloti, xalqaro pochta ittifoqi, jahon sog’likni saqlash tashkiloti, elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, xalqaro olimpiada qo’mitasi, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlarning a‘zosidir. O’zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) g’oyasini qo’llab-quvvatladi va 1991 yil 21 dekabrda a‘zo bo’ldi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o’zaro munosabatlar o’rnatilgan.

O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 165 davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatilgan. Toshkentda – 35 mamlakatning elchixonalari ochilib ishlab turibdi. Shuningdek, Respublikamizda 88-xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 20 dan ortiq davlatlarda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Frantsiya, Xitoy, Pokiston va boshqa davlatlarda Mustaqil O’zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi.

Umuman olganda jahon hamjamiyatiga qo’shilish borasida katta ishlar amalga oshirildi. Buni taniqli huquqshunos olim A. Azizxo’jaev shunday deb izohlaydi. O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida o’z ovoziga ega bo’lish, jahonning manaman degan mamlakatlari orasida o’ziga xos mavqe egallashi, xalqaro maydonda obro’-e‘tiborining oshib borayotganligi negizini ham Konstitutsiya tashkil etadi (qarang: A. Azizxodjaev. Erkinlikning g’alabasini muhrlagan qonun jurnal: jamiyat va boshqaruv. №4, 2001 yil, 5 bet).



Takrorlash uchun savollar:
1. Xalqaro munosabatlar deganda nimani tushunasiz?

2. O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining tamoyillarini sanab



bering.

3. O’zbekiston Respublikasi BMTga qachon a‘zo bo’lib kirdi?


Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. 2012 yil.

  2. Karimov I. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T. 1995 yil.

  3. Karimov I. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom, 1996 yil.

  4. Karimov I. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-tom, 1996 yil.

  5. I. Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq sо‘zi”, 2010 yil 12 noyabr.

  6. Prezident Islom Karimovning О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. “Xalq sо‘zi”, 2010 yil 8 dekabr.

  7. I. Karimov. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. “Xalq sо‘zi”, №16. 2011 yil 22 yanvar.

  8. O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda. T. 2000 yil.

  9. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti. Ma‘ruzalar matni. T. 2001 yil.

  10. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar (Oliy ta‘lim muassasalari uchun qo’llanma). T. 2001 yil.

  11. Jurnal: Jamiyat va boshqaruv №4, 2001 yil.
1   2   3   4   5


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə