O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Yüklə 181.79 Kb.
tarix29.04.2016
ölçüsü181.79 Kb.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



O’quv-uslubiy boshqarma tomonidan ro’yxatga olindi

________



«_____» __________ 2012 y.

Toshkent Moliya instituti rektorining

2012 yil 20 - iyundagi

149– sonli buyrug’i bilan

tasdiqlangan



Sotsiologiya fanidan
ISHCHI O’QUV DASTURI


Bilim sohalari: 100.000- Gumanitar soha

200.000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va xuquq

Ta’lim sohalari: 110.000-Pedagogika

230.000 – Iqtisod

Ta’lim yo’nalishlari: bakalavriatning barcha yo’nalishlari uchun


Toshkent – 2012

Annotatsiya

Sotsiologiya fanining ishchi o’quv dasturi Toshkent Moliya institutining “Falsafa va O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida ta’lim yo’nalishlari barchasi uchun o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan b’olib, ishchi o’quv dasturi Sotsiologiya fani predmeti, ob’ekti, vazifalari va ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni, Sotsiologiyaning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari, Jamiyat dinamik tizim sifatida. Ijtimoiy stratifikatsiya, Individlar va guruhlararo ijtimoiy munosabatlar hamda aloqalar, Sohalar sotsiologiyasi, Deviant va delinkvent xulq-atvor, Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish usullari kabi mavzularni ‘oz ichiga qamrab oladi.




Tuzuvchilar:

M.Primov

- TMI, “Falsafa va O’DJQNA” kafedrasi dotsenti, f.f.n.




R.Umarova

- TMI, “Falsafa va O’DJQNA” kafedrasi dotsenti, f.f.n.










Taqrizchilar:

Z.Davronov

- TMI, “Falsafa va O’DJQNA” kafedrasi professori, f.f.d.




A.Norbekov

- TDMI, Ijtomoiy ish fakulteti dekani, s.f.n., dots.

Kafedra yig’ilishining 2012 – yil “10” maydagi №18 – sonli bayonnomasi bilan muhokamadan o’tgan va institut Ilmiy – uslubiy kengashida muhokama etishga tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri E.Rasulev

“Sug’urta” fakulteti Ilmiy – uslubiy kengashida muhokama etilgan va Toshkent moliya instituti Ilmiy – uslubiy kengashida muhokama etishga tavsiya etilgan. (2012 yil __- _____dagi __ - sonli bayonnoma).


Fakultet dekani U.Radjabov

Fanning ishchi o’quv dasturi Toshkent moliya instituti Ilmiy – uslubiy kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya qilingan (2012 yil __- _____dagi __ - sonli bayonnoma).



Kengash raisi A.Karimov
Sotsiologiya” fanidan o‘tiladigan mavzular va ular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlar hajmining taqsimoti


t/r



Mavzular



Jami soatlar

Ma’ruza

Amaliy

mashg’ulot

Mustaqil

ta’lim

1

“Sotsiologiya” fani predmeti, ob’ekti, vazifalari va ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni

5

2

2

2

2

Sotsiologiyaning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari

5

2

2

2

3

Jamiyat dinamik tizim sifatida. Ijtimoiy stratifikatsiya

6

2

2

2

4

Individlar va guruhlararo ijtimoiy munosabatlar hamda aloqalar

6

-

2

2

5

Sohalar sotsiologiyasi.

Siyosiy va iqtisodiy sohalar sotsiologiyasi



7

2

2

4

6

Ta’lim – tarbiya va oila sotsiologiyasi. Madaniyat va din sotsiologiyasi. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi

9

-

4

4

7

Deviant va delinkvent xulq-atvor

8

2

2

4

8

Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish usullari

10

2

4

4




Jami

56

12

20

24



II. ASOSIY QISM

SOTSIOLOGIYA FANIDAN MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAVZULARI

1-mavzu: “Sotsiologiya” fani predmeti, ob’ekti, vazifalari va ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni (2 soat)

“Sotsiologiya” atamasi, predmeti va ob’ekti. Sotsiologiyaning vazifalari. Sotsiologiya jamiyatning dinamik rivojlanishi, uning qonuniyatlari, ijtimoiy xulq-atvor va ijtimoiy munosabatlar haqidagi fan sifatida. Sotsiologiya jamiyatning murakkab ijtimoiy organizm ekanligi haqida.

Sotsiologik tafakkurning muhim jihatlari. Sotsiologiya to’g’risida O.Kont, P.Sorokin, E.Dyurkgeym, M.Veber, T.Parsonslarning ta’riflari. Sotsiologiya fanining mavqei, jamiyatdagi roli va o’rnining nazariy hamda amaliy asoslab berilishi.

Sotsiologiya fanining sohaviy tizimlari va ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni, uning fanlararo tadqiqotlarni uyg’unlashtiruvchi mavqeining umumiy tasnifi.



Sotsiologiyaning ijtimoiy me’yorlar, ijtimoiy xulq-atvor, jamiyatning dinamik rivojlanishi to’g’risidagi fan ekanligi. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni o’rganishda sotsiologiya fanining o’rni.

Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
2-mavzu: Sotsiologiyaning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari (2 soat)

Antik dunyo sotsiologiyasi. Antik dunyo sotsiologiyasining guruhlarga bo’linishi:

I Yunon sotsiologiya maktabi (Homer, Milet, Fales, Anaksimandr, Anaksimen, Ksenofan, Pifagor); II Yunon demokratiyasi ravnaqi davri sotsiologiyasi (Geraklit, Parmenid, Zenon, Empedokl, Anaksagor, Levkipp, Demokrit, Protagor, Gorgiy); III Antik dunyo olamining «oltin davri» (Suqrot, Aflotun, Arastu).

Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari. Zardusht jamiyatdagi yaxshilik va yomonlik kuchlari o’rtasidagi kurash haqida. Murosa kontseptsiyasining Mitra timsoli orqali ifodalanishi. Mitraizm oqimi va uning ta’siri. Sharq sotsiologiyasi maktabida Xitoy mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari. Konfutsiyning osmoniy g’oya nazariyasi, jamiyatni boshqarish to’g’risidagi fikrlari.

Movarounnahr hududida yashovchi xalqlarning ijtimoiy jarayonlarga munosabati. Islom dinining jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy munosabatlarga ta’siri. Abu Mansur al-Moturudiyning murosaviy muvozanat kontseptsiyasi.

Ulug’ mutafakkir al-Forobiyning ijtimoiy qarashlari. Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Ulug’bek, Alisher Navoiylarning inson erki va tafakkur tarzi to’g’risidagi sotsiologik qarashlari.

G’arb sotsiologiya maktablari. Sotsiologiyaning fan sifatida vujudga kelish bosqichlari. Frantsuz mutafakkiri O.Kontning sotsiologiyani rivojlantirishdagi xizmatlari. E Dyurkgeym, Gumplovich, M.Veber, G.Spenser, J.Smelzer kabi sotsiologlarning qarashlari. V.Paretoning «elita» nazariyasi. XIX asr oxirida Sotsiologiya markazining AQShga ko’chishi.

Chikago universitetida dastlabki sotsiologiya fakulteti va kafedrasining vujudga kelishi. XX asr sotsiologiyasi. Neopozivitizm maktablari: empirik, simvolik interaktsionizm, bixeviorizm. T.Parsonsning strukturaviy funktsionalizmi. P.Sorokinning sotsiologik qarashlari. XX asr sotsiologiyasining asosiy nazariy yo’nalishlari. Fenomenologik sotsiologiya.

XX asrning 70-80-yillari sotsiologiyasida realistik yo’nalishlar (U.Autveyn, R.Bxaskar, N.Elmas).

Sharq va G’arb sotsiologiyasining farqli tomonlari va o’ziga xosligi.

Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
3-mavzu: Jamiyat dinamik tizim sifatida. Ijtimoiy stratifikatsiya (2 soat)

Jamiyat va tizim tushunchalari. Jamiyat va taraqqiyot to’g’risidagi rivojlanish nazariyalari. Jamiyatning dinamik tizim ekanligi, Jamiyatlarning turlari, an’anaviy va zamonaviy jamiyatlar xarakteristikasi, xususiyatlari. Industrial va postindustrial jamiyatlar hamda ularning hozirgi davrda egallagan o’rni. Jamoa va uning jamiat bilan munosabati. Shaxs va jamiyat tushunchalarining munosabatlari. Shaxsning ijtimoiy mavjudod ekanligi. Ijtimoiylashuv.

Insonning biopsixosotsial mavjudot ekanligi. Ijtimoiy aloqa va munosabatlar, ularning tuzilmasi, ijtimoy aloqalar sub’ekti, ob’ekti, mexanizmi. Shaxslararo o’zaro ta’sir nazariyalari. Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi. Ijtimoiy faoliyatning keng tarqalgan shakllaridan bo’lgan ijtimoiy nizolar, ularning turlari, nizolarni bartaraf qilish yo’llari. Ijtimoiy guruhlarda vujudga keladigan o’zaro ta’sir turlari hamda ularning o’ziga xos xususiyatlari.

Ijtimoiy stratifikatsiya sotsiologiyasi. P.Sorokin stratifikatsiya haqida. Jamiyatni stratifikatsiyaviy tasnif etishdagi fikrlar xilma-xilligi. Ijtimoiy stratifikatsiya - sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida. Ijtimoiy stratalar kontseptsiyasining ilmiy asoslari. Ijtimoiy o’zgaruvchanlik turlari. O’zbekistonda mavjud stratifikatsiyaviy tuzilmalar. Jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarni o’rganishning asosiy tamoyillari.



Ziddiyatli holatlar va ijtimoiy echimlar. Ijtimoiy nazorat institutlari.

Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
4-mabzu: Individlar va guruhlararo ijtimoiy munosabatlar hamda aloqalar

Ijtimoiylashuv tushunchsi. Ijtimoiy aloqa va munosabatlar. Shaxslararo o‘zaro ta’sir nazariyalari. Ijtimoiy faoliyatning keng tarqalgan shakli bo‘lgan nizolar va ularning turlari. Ijtimoiy guruhlarda vujudga keladigan o‘zaro ta’sir turlari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy harakatlar va ijtimoiy betinchlik.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
5-mavzu: Sohalar sotsiologiyasi (2-soat)

Siyosiy sotsiologiyaning mohiyati va uning Siyosatshunoslik fanidan farqi.

Ijtimoiy xukmronlik, xokimiyat va avtoritet tushunchalari. Siyosiy faoliyat va siyosiy xatti-harakat hamda ularning ijtimoiy hayotdagi o’rni.

Ijtimoiy boshqaruv sotsiologiyasi tushunchasi. Boshqaruvning tarkibiy tizimi va tasnifi. Ijtimoiy boshqaruvning hozirgi zamondagi shakli.

Iqtisodiy hayot sotsiologiyasining predmeti va ob’ekti. Iqtisodiy sotsiologiyaning g’arb davlatlaridagi rivoji. J.Smelzerning iqtisodiy sotsiologiya bo’yicha fikrlari. Amerikalik muhandis F.Teylorning tadqiqotlari va uning “iqtisodiy odam” kontseptsiyasi. Iqtisodiy munosabatlar tizimi va sotsiologiyaning vazifalari. Hozirgi davr iqtisodiyotining ijtimoiylashuvi va XXI asrda uning yanada kuchayib borishi.

Ta’lim-tarbiya sotsiologiyasining mohiyati va uning vazifalari. O’zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy dasturining ijrosi.

Madaniyat sotsiologiyasi. Madaniyat tushunchasi va uning mazmuni. Moddiy va ma’naviy madaniyat. Ularning o’zaro uzviy bog’liqligi. Madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi. Madaniyatning moddiy va nomoddiy qadriyatlar bilan bog’liq turlari. Madaniyatda nisbiylik va vorislik.

Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi tushunchasi va uning asoslari. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasini shakllantirishda G’arb va Sharq olimlarining tadqiqotlari va ularning talqinlari. Jamoatchilik fikrining dolzarb yo’nalishlari. Jamoatchilik fikrining ijtimoiy hayotda namoyon bo’lishi.



Shaxs, jamiyat va ijtimoiy boshqaruv sotsiologiyasi. Iqtisod va mehnat sotsiologiyasi. O’zini o’zi boshqaruv sotsiologiyasi hamda uni o’rganishning hozirgi paytdagi ahamiyati.

Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24

5-mavzu: Deviant va delinkvent xulq-atvor (2 soat)

Ijtimoiy me’yor tushunchasi uning mohiyati, ijtimoiy me’yorlar shaxs va ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmui ekanligi. Ijtimoiy me’yorlarning tasnifi. Ijtimoiy me’yorlarning o’zgaruvchanlik xarakteri. Ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish, ulardan chetga chiqish, uning ijobiy va salbiy tomonlari. Ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqishda mentalitetning ahamiyati.

Deviant va delinkvent xulq-atvor, ularning namoyon bo’lishi. Deviatsiyaning sabablari. Delinkvent va deviant xulq-atvor, ularning farqlari. Delinkvent xulq-atvor va ularning turlari: jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, terrorizm, narkomaniya, fohishabozlik va boshqalar. Deviant xulq-atvor g’arb sotsiologlarining tadqiqotlarida. Shaxslarda deviant va delinkvent holatlarning namoyon bo’lishiga ta’sir qiluvchi omillar. Konformlik, innovatsiya, ritualizm, retretizm, isyon.

Shaxs xususiyatlarining shakllanishi va unga ta’sir qiluvchi omillar.



Muammoli vaziyat va uning to’rt asosiy holati.

Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
6-mavzu: Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish usullari (2 soat)

Tadqiqot dasturining nazariy asoslari. Tadqiqot dasturi. Muammoviy holat. Sotsial buyurtma. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning ob’ekti va predmeti.

Tushunchalarga nazariy va empirik izoh berish. Tadqiqotda faraz (gipotezasi).

Sotsiologik tadqiqot usullari. Tanlov usuli. Reprezentativlik. Bosh majmua. Ikkilamchi majmua. Hujjatlarni tahlil qilishning an’anaviy usuli. Kontent–tahlil. Kuzatuv usuli. So’rov usuli. Anketalash. Intervyulash. Zanjirlash. Shkalalashtirish. Kichik guruhlarning tarkibiy tahlili. Sotsiologik eksperiment va uning murakkabligi.

Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish usullari. Konkret sotsiologik tadqiqotlarning turlari. Tadqiqotning asosiy bosqichlari. Dastlabki sinov (pilotaj) tadqiqotlar. Tasniflovchi tadqiqotlar. Tahliliy tadqiqotlar. Bir martalik tadqiqotlar. Bir mavzuda ko’p marta o’tkaziladigan tadqiqotlar.

Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish. Ma’lumotlarni tahlil qilishning statistik usullari. Guruhlashtirish usullari. Dispersion tahlil usuli. Faktor tahlil usuli. Latent tahlil usuli. Sotsiologik ma’lumotlarga EHMda ishlov berish. Axborotlarni jamlash, ular asosida monitoring yaratish. Sotsiologik tadqiqotlarning natijalarini tahlil etish va umumlashtirish. Ilmiy hisobotni tayyorlash.



Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish usullari.

Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
ІІІ Amaliy mashg‘ulot mavzulari

1-mavzu: Sotsiologiya fani predmeti, usul va uslubiyoti, ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni

(2 soat)

1. Sotsiologiya atamasining ta’rifi. «Sotsiologiya» fanining ob’ekti, predmeti, tarkibi. Fanning asosiy yo’nalishlari. «Sotsiologiya» fanining tadqiqot usullari va uslubiyoti.*

2. «Sotsiologiya» fanining ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni.

3. O’zbekistonda «Sotsiologiya» fanining rivojlanishi va istiqboli.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
2-mavzu: Sotsiologiya fanining yuzaga kelishi va taraqqiyot bosqichlari (2 soat)

1.Fanning vujudga kelishidagi nazariy-tarixiy manbalar.

Sotsiologik qarashlarning taraqqiyot bosqichlari.

2.Ahtik duhyo va Rimdagi ijtimoiy qarashlar.

3.Markaziy Osiyo mutafakkirlari ta’limotlarida ijtimoiy jarayonlar va jamiyat to’g’risidagi qarashlar.

4. G’arbiy Evropada sotsiologik ta’limotlarning rivojlanishi.

5. XVIII- XIX asrlarda Garbiy Evropada sotsiologik. ta’limotlarning rivojlanishi

6.XX asr sotsiologiyasi. Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanishida AQSh dagi sotsiologik ta’limotlarning ahamiyati.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
3-mavzu: Jamiyat murakkab dinamik tizim sifatida. Ijtimoiy stratifikatsiya (2 soat)

1. Jamiyat va taraqqiyot to’g’risida rivojlanish nazariyalari.

2. Jamiyatlarning tasnifi.

3. Ijtimoiy stratikifatsiya tushunchasi va turlari.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 25
4-mavzu: Individlar va guruhlararo ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi (2 soat)

1. Ijtimoiy aloqalar va munosabatlar.

2. Shaxslararo o’zaro ta’sir nazariyalari va nizolar.

3. Ijtimoiy harakatlar va ularning vazifalari.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
5-mavzu: Sohalar sotsiologiyasi. Siyosiy va iqtisodiy sohalar sotsiologiyasi (2 soat)

1-mashg’ ulot

1.Siyosiy sotsiologiya va uning mohiyati. Shaxs, jamiyat va ijtimoiy boshqaruv. Hukmronlik va avtoritet tushunchalari. Siyosiy hokimiyat turlari va xususiyatlari.

2.Iqtisodiyot mehnat sotsiologiyasi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda iqtisodiy hayot sotsiologiyasining xususiyatlari*.

3.O’zini o’zi boshqaruv sotsiologiyasi.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
6-mavzu:Ta’lim-tarbiya va oila sotsiologiyasi. Madaniyat, fan va din sotsiologiyasi.

1-mashg’ ulot (2 soat)

1.Ta’lim-tarbiya sotsiologiyasi va uning funktsiyalari

2.Oila sotsiologiyasi va uning mohiyati

3.Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24

2-mashg’ ulot (2 soat)

1.Madaniyat sotsiologiyasi. Madaniyatda nisbiylik va vorislik tushunchalari.

2.Fan sotsiologiyasi, ularning hozirgi vaqtda jamiyatda egallagan o’rni.

3.Din sotsiologiyasi va uning hozirgi vaqtda jamiyatda egallagan o’rni



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
7-mavzu: Ijtimoiy me’yor. Deviant va delinkvent xulq-atvor (2 soat)

1.Ijtimoiy xatti-harakat va ijtimoiy me’yor.

2.Deviant va delinkvent xulq-atvor hamda ularning namoyon bo’lishi. Deviatsiyaning sabablari.

3.Shaxs xususiyatlarining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24
8-mavzu: Amaliy sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish usullari va turlari (4 soat)

1. Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish, uning maqsad va vazifalari.

2. Sotsiologik tadqiqot dasturi va usullari.

3 Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va umumlashtirish.



Adabiyotlar: 1, 8, 16, 18, 19, 20, 21, 22, 24

IV. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo‘lib, iqtisodiy tahlil nazariyasini o‘rganishda fanning biror bir mavzusini to‘laroq o‘zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o‘qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir.

Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi.

Sotsiologiya” fani bo‘yicha mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi taqsimoti


Ishchi o‘quv dasturining mustaqil ta’limga oid bo‘lim va mazulari

Mustaqil ta’limga oid topshiriq va tavsiyalar

Bajarish muddatlari

Hajmi (soatda)

“Sotsiologiya” fani predmeti, ob’ekti, vazifalari va ijtimoiy fanlar tizimidagi o’rni

Taqdimot va slaydlar tayyorlash

Amaliy mashg‘ulot davomida

2

Sotsiologiyaning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari

Keys stadi tayyorlash

Mavzu jarayonida

2

Jamiyat dinamik tizim sifatida. Ijtimoiy stratifikatsiya

Taqdimot va slaydlar

Amaliy mashg‘ulot davomida

2

Individlar va guruhlararo ijtimoiy munosabatlar hamda aloqalar

Taqdimot va slaydlar

Amaliy mashg‘ulot davomida

2

Sohalar sotsiologiyasi.

Siyosiy va iqtisodiy sohalar sotsiologiyasi



Taqdimot va slaydlar

Oraliq baholashda

4

Ta’lim – tarbiya va oila sotsiologiyasi. Madaniyat va din sotsiologiyasi. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi

Keys stadi tayyorlash

Mavzu jarayonida

4

Deviant va delinkvent xulq-atvor

Taqdimot va slaydlar

Mavzu yakunida

4

Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish usullari

Loyiha ishi tayyorlash, taqdimot va slaydlar

Mavzu yakunida

4

Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

Tavsiya etilayotgan mavzular bo‘yicha ta’limning zamonaviy, xususan, interfaol metodlari, pedagogik va axborot kommunikatsiya (mediata’lim, prezentatsion, elektron-didaktik) texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Jumladan, kompyuter programmalari yordamida tayyorlanish uchun kerakli manbalar nazariy jihatdan shakllantiriladi va undagi ma’lumotlar o‘rganiladi.



Fan bo‘yicha baholash mezonlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2009 yil 11 iyundagi 204-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom”da ko‘rsatilganidek, talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:



  • Joriy nazorat (JN);

  • Oraliq nazorat (ON);

  • Yakuniy nazorat (YaN).

“Sotsiologiya” fani bo‘yicha talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • Joriy nazorat - 35 ball, Oraliq nazorat – 35 ball, Yakuniy nazorat – 30 ball.

Joriy nazorat bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo‘yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, amaliy jadval va topshiriqlarni echishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.

Oraliq nazoratda fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. Oraliq nazorat semestr davomida 2 davrada o‘tkaziladi. Talabalarning bilimi birinchi davrada fanning 1-4 mavzularini qamrab olgan qismi bo‘yicha 0-17 ball doirasida, ikkinchi davrada fanning 5-8 mavzularini qamrab olgan qismi 0-18 ball doirasida baholanadi. Oraliq nazoratda talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi ma’ruzalar o‘tilgan mavzular bo‘yicha og‘zaki, yozma ish, test o‘tkazish usullari va talabaning mustaqil ishi nazarda tutilgan holda baholanadi.

Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to‘plangan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy(JN) va oraliq nazorat(ON)lar uchun yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

Yakuniy nazorat semestr yakunida o‘tkazilib, yakuniy nazoratda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari ishchi o‘quv dasturidan kelib chiqqan holda fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy nazorat og‘zaki so‘rash, amaliy topshiriqlarni mustaqil echish, suhbat, yozma ish yoki test o‘tkazish usulida amalga oshiriladi.

Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi, ya’ni 39 ball saralash balli hisoblanib, ushbu balldan kam ball to‘plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy(JN) va oraliq nazorat(ON) turlari bo‘yicha 55 va undan yuqori balni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.

Talabaning semestrda joriy (JN) va oraliq(ON) nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o‘zlashtirna olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Sotsiologiya” fani bo‘yicha talabalarning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi


Ball

Baho

Talabaning bilim darajasi

1

2

3

86-100

“A’lo”

Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish

Jamiyatdagi faoliyat sohalarini tahlil qilishda ijodiy fikrlay olish

Jamiyatdagi jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish

Ijtimoiy faoliyat natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish

O‘rganilayotgan ijtimoiy jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish

Jamiyat faoliyatini tahlil etishda sotsiologik tadqiqotlarning barcha usullarini birdek qo‘llay olish

‘Organilayotgan ijtimoiy jarayonga to‘g‘ri va xolisona baho berish

O‘rganilayotgan ijtimoit jarayonlarni muayyan sotsiologik tadqiqot usullari orqali tahlil etish va tegishli xulosalar berish



71-85

“Yaxshi”

O‘rganilayotgan ijtimoiy jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish

Tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish

O‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish

O‘rganilayotgan jarayonga to‘g‘ri va xolisona baho berish

O‘rganilayotgan jarayonlarni muayyan sotsiologik tadqiqot usullari orqali tahlil etish va tegishli xulosalar berish


55-70

“Qoniqarli”

Tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish

O‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish

O‘rganilayotgan jarayonga to‘g‘ri va xolisona baho berish

O‘rganilayotgan jarayonlarni muayyan sotsiologik tadqiqot usullari orqali tahlil etish va tegishli xulosalar berish



0-54

“Qoniqarsiz”

Sotsiologik tahlilning nazariy va uslubiy asoslarini bilmaslik

Ijtimoiy hodisa va jarayonlarni tahlil etish bo‘yicha tasavvurga ega emaslik

Tahlil jarayonlariga muayyan sotsiologik tadqiqotda qo‘llaniladigan usullarni qo‘llay olmaslik


Saralash bali 55 ballni tashkil etadi.

Sotsiologiya” fanidan joriy nazoratda talabaning bilimini reyting tizimi asosida baholash






Ko‘rsatkichlar

Joriy nazorat-dagi maksimal ball

1

2

3



Darsga qatnashganlik darajasi

2,0



Amaliy mashg‘ulot darslariga tayyorgarligi, adabiyotlardan konspekti, so‘zga chiqishi, tahliliy jadvallarni bajara bilishi hamda ularga xulosalar berish saviyasi, mustaqil ish mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilishi

8,0



Mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqtisodiy tahlil bo‘yicha berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishi

6,0



Ilmiy to‘garakda ma’ruza bilan chiqishi, viktorina va talabalar konferensiyalarida “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashishi

3,0



Gazeta va jurnallarda firma va kompaniyalarning buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditiga oid maqolalar bilan chiqishi

2,0



Mavzular bo‘yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, “Sotsiologiya” fani bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratishda qatnashganligi

6,0



Amaliy mashg‘ulot (ma’ruza) darslarida faolligi, fan bo‘yicha ish o‘yinlarini tashkil qilishdagi faolligi

8,0



Jami

35

Sotsiologiya” fanidan oraliq nazoratda talabaning bilimini reyting tizimi asosida baholash






Ko‘rsatkichlar

Oraliq nazoratdagi maksimal ball

1-ON

2-ON

Jami

1

2

4

5

6



Darsga qatnashganlik darajasi

1,0

1,0

2,0



O‘tilgan mavzular bo‘yicha konspekti va ma’ruzada o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirganlik darajasi

4,0

4,0

8,0



Mustaqil ta’lim soatlarida bajargan ishlari, qilgan taqdimoti hamda iqtisodiy tahlil bo‘yicha berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarishi

3,0

3,0

6,0



Ilmiy to‘garakda ma’ruza (referat) bilan chiqishi, viktorina va talabalar konferensiyalarida “Iqtisodiy tahlil nazariyasi” bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashishi

2,0

2,0

4,0



Gazeta va jurnallarda firma va kompaniyalarning buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditiga oid maqolalar bilan chiqishi

1,0

2,0

3,0



Mavzular bo‘yicha multimedialar tayyorlashi, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar va chizmalar tayyorlashdagi faoliyati, “Sotsiologiya” fani bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratishda qatnashganligi

3,0

3,0

6,0



Ma’ruza darslarida faolligi, fan bo‘yicha ish o‘yinlarini tashkil qilishdagi faolligi

3,0

3,0

6,0




Jami

17

18

35



Yakuniy nazoratni “Yozma ish”asosida o’tkazish

M E Z O N I

Talabalar “Sotsiologiya” fanidan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi. Yakuniy nazoratni “Yozma ish” usulida topshirilganda talabalar bilimi 0-6 ball (YaN balining 20 foizi) oralig’ida baholanadi. Yakuniy nazoratni 0-24 ball (YaN balining 80 foizi) oralig’ida baholanadigan qismi kompyuter sinflarida test topshiriqlari asosida o’tkaziladi. Talabalar berilgan 30 ta test topshiriqlari bo’yicha har bir to’g’ri javob uchun 0,8 ballga ega bo’ladilar.

Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” usulida amalga oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variantda ikkitadan savol hamda bittadan amaliy topshiriq bo‘lib, har bir savolga tegishli javoblar yoziladi. Har bir savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-2 ball oralig‘ida baholanadi. Amaliy topshiriq ham 0-2 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan har bir savolga to‘g‘ri va to‘liq javob yozilsa, “Sotsiologiya” fanining nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, moliyaviy va boshqaruv tahliliga oid o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lsa va uni yozma shaklda bayon eta olsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,7-2 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq bajarilsa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar to‘liq va to‘g‘ri aniqlansa, omillar ta’siriga ijodiy yondoshgan holda xulosa va fikrlar bildirilsa, 1,7-2 ball bilan baholanadi.

Berilgan har bir savolga to‘g‘ri javob yozilsa, iqtisodiy tahlilning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, javobda mantiqiy yaxlitlikka erishilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,4-1,6 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq bajarilsa, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarning bir qismi to‘g‘ri aniqlansa, xulosa va fikr bildirilsa, 1,4-1,6 ball bilan baholanadi.

Berilgan har bir savolga to‘g‘ri javob yozilsa, iqtisodiy tahlilning nazariy va uslubiy asoslari to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 1,1-1,3 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar to‘liq bajarilsa, ijtimoiy hodisa va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillarning bir qismi to‘g‘ri aniqlansa, xulosa va fikr bildirilsa, 1,1-1,3 ball bilan baholanadi.

Berilgan har bir savolga javob yozilmasa, noto‘g‘ri javob yozilsa yoki o‘quv adabiyotidan so‘zma-so‘z ko‘chirib yozilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-1 ball bilan baholanadi.

Amaliy topshiriq shartida belgilangan amallar bajarilmasa, ijtimoiy hodisa va jarayonlarga ta’sir etuvchi omillar aniqlanmasa, xulosa yozilmasa 0-1 ball bilan baholanadi.

Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi.


Yakuniy nazoratni “Test topshiriqlari” asosida o’tkazish

M E Z O N I

Talabalar “Sotsiologiya” fanidan yakuniy nazoratni test topshiriqlari yoki “Yozma ish” usulida topshiradilar va ularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0 dan 30 ballgacha baholanadi.

Agar yakuniy nazorat “Test topshiriqlari” asosida amalga oshirilsa, sinov ko‘p variantli usulda kompyuter sinflarida o‘tkaziladi. Har bir variantda 30 tadan test topshirig‘i bo‘lib, talabaga savollarning javobini belgilash uchun 30 daqiqa vaqt beriladi. Har bir test topshirig‘iga talaba tomonidan berilgan javoblar 1 ball bilan baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 26-30 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 26-30 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 22-25 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 22-25 ball oralig‘ida baholanadi.

Berilgan test topshiriqlarining 17-21 tasiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 17-21 ball oralig‘ida baholanadi.



Berilgan test topshiriqlarining 16 va undan kamiga to‘g‘ri javob belgilagan talaba 0-16 ball oralig‘ida baholanadi.

Foydalaniladigan o‘quv adabiyotlari ro‘yxati

Asosiy adabiyotlar


  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2010. 40-b.

  2. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot -pirovard maqsadimiz. T.8. - T.: “O’zbekiston”, 2000. 528-b.

  3. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. T. 11 – T.: “O’zbekiston”, 2003. 410-b.

  4. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T.:«Ma’naviyat», 2008. 176-b.

  5. Karimov I.A. “Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish davr talabi. // Xalq so’zi. 14 fevral, 2009.

  6. Karimov I.A Mamlakatimizni moderinzatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish-ustuvor maqsadimizdir ma’ruzasini mazmun va mohiyati. O’zbekistoin ovozi 28-yanvar 2010 yil.

  7. Karimov I.A Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T. :2009 y.

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29 fevraldagi PQ-805 son Qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” davlat dasturi mohiyati.

  9. Karimov I.A “Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish”.( I.A. Karimov 2009-yilining asosiy yakunlari va 2010-yilida O’zbekistonda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishda eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan VM majlisidagi ma’ruzasining mohiyati).

  10. Karimov I.A.“Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko’tarilish sari”. – T.: “O’zbekiston”, 2010 yil. – 264 bet.

  11. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 200 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. – T.: “Iqtisodiyot”, 2010 y. – 281 bet.

  12. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: “O’zbekiston”, 2010 y. – 56 bet.

  13. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir. - T.: “O’zbekiston”, 2010 yil. – 32 bet.


Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Umarova R. «Sotsiologiya.» O’quv qo’llanma. - T. TMI, 2010. 108-b.





Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azrefs.org 2016
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə